15:21 / 09.10.2017
8 476

«Oltin to‘p»ga da’vogar 5 nomzod e’lon qilindi

«Oltin to‘p»ga da’vogar 5 nomzod e’lon qilindi
France Football jurnali "Oltin to‘p" sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qilishni boshladi.

Dastlab 5 nafar nomzod e’lon qilindi. Ular - PSJ hujumchisi Neymar, "Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich, uning jamoadoshi Marselo, "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala va "Chelsi" yarimhimoyachisi N`Golo Kante.

Ta’kidlash joizki, asosiy ro‘yxatdan 30 nafar futbolchi joy oladi. Ulardan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qo‘lga kiritadi. Nomzodlar kun davomida e’lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi - "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudir.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p»ga da’vogar 5 nomzod e’lon qilindi