17:13 / 09.10.2017
5 200

Zidan nima uchun "Manchester Yunayted"ga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi

Зидан нима учун "Манчестер Юнайтед"га ўтмагани маълум бўлди
"Manchester Yunayted"ning sobiq prezidenti Martin Edvards 1995 yilda Zidan transferi amalga oshmagani haqida gapirib o‘tdi.

"Zidan "Bordo"da o‘ynayotgan vaqtida bizning skaut Les Kershou u haqida aytgandi. Men esa Aleksga (Fergyuson) bu haqida aytgandim. U menga Erik Kantona Zidanni eslatib yuborayotganligini aytdi. Lekin, Aleksning fikricha, ular bitta nuqta futbolchilari edi.

Aleks Erik bilan shartnomani uzaytirish uchun ketganida bu haqida o‘ylagan: agar u Kantona o‘rniga Zidanni taklif qiladigan bo‘lsa, o‘sha nuqta kuchsizlanadi. Shu sababli, murabbiy Kantonani qoldirishni ma’qul ko‘rgan", - deydi Edvards.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan nima uchun "Manchester Yunayted"ga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi