I guruhi. Islandiya mundialda! Ukraina esa Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi

  • 10 oktyabr 2017, 12:51
  • 2 875
  • Sport
  • I guruhi. Islandiya mundialda! Ukraina esa Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi
    JCh-2018 saralash bosqichining I guruhi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
    Islandiya terma jamoasi kutilganidek Kosovaga hech qanday imkon qoldirmadi va Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘rin uchun Ukraina va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro kurash olib bordilar. Andrey Kramarichning ikkita goli xorvatlarga g‘alaba keltirdi, ular endi o‘tish o‘yinlarida qatnashadilar.

    Guruhning yana bir bahsida Turkiya safarda Finlandiya bilan (2:2) jangovar durang qayd etdi.

    JCh-2018 saralashi, Yevropa
    10-tur, “I” guruhi

    Islandiya – Kosovo 2:0 (1:0, 1:0)
    Gollar:
    1:0 – 40 Sigurdsson, 2:0 – 68 Gudmundsson.

    Islandiya – Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson (Siguryonsson, 89), Byarnason, Gunnarsson (Ingason, 79), Gudmundsson, Sigurdsson, Bedvarsson (Finnbogason, 61).

    Kosovo – Uykani, Rraxmani, Yashanitsa, Pakyarada, Pnishi (Berisha, 54), Rashitsa, Berisha, Selina, Xalimi (Kastrati, 78), Voyvoda, Nuxiu (Muriki, 54).

    Ogohlantirishlar: Uykani (37), Pnishi (45), Berisha (60).

    Ukraina – Xorvatiya 0:2 (0:0, 0:2)
    Gollar
    : 0:1 – 62 Kramarich, 0:2 – 70 Kramarich.

    Ukraina – Pyatov, Xacheridi, Rakitskiy, Matviyenko, Marlos (Besedin, 78), Rotan (Sidorchuk, 69), Konoplyanka, Garmash (Kovalenko, 66), Yarmolenko, Stepanenko, Karavayev.

    Xorvatiya – Subashich, Lovren, Vrsalko (Pivarich, 86), Vida, Mitrovich, Rakitich, Badel, Modrich, Perishich, Mandjukich (Rog, 90), Kramarich (Pashalich, 88).

    Ogohlantirishlar: Stepanenko (60), Rotan (64).

    Finlyandiya – Turkiya 2:2 (0:0, 2:2)
    Gollar
    : 0:1 – 57 Tosun, 1:1 – 75 Arayuuri, 1:2 – 83 Tosun, 2:2 – 88 Poxyanpalo.

    Finlyandiya – Gradetski, Vyaysyanen, Lam (Markkanen, 86), Arayuuri, Moysander, Xetemay (Xyamyalyaynen, 60), Pirinen, Lod, Shyuller, Pukki (Soyri, 82), Poxyanpalo.

    Turkiya – Babadjan, Toprak, Keybashi, Seyundjyu, Inan (Topal, 85), Oz’yakup, Tufan, Chalxanoglu, Yokushlu, Yazidji (Mor, 75), Tosun.
    Ogohlantirishlar: Inan (46), Yokushlu (49), Yazidji (74), Moysander (90).

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » I guruhi. Islandiya mundialda! Ukraina esa Rossiyaga bormaydigan bo‘ldi