16:59 / 10.10.2017
6 039

JCh-2018 saralash. Avstraliya-Suriya o‘yinini boshqarayotgan Ravshan Ermatov zaxiraga olindi

JCh-2018 saralash. Avstraliya-Suriya o‘yinini boshqarayotgan Ravshan Ermatov zaxiraga olindi
Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan JCh-2018 saralash pley-off bosqichi doirasida Avstraliya va Suriya o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgani bois, bahsda qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Aynan qo‘shimcha bo‘limlar boshlangan paytda e’tiborli holat kuzatildi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘rniga zaxira hakami Ilgiz Tantashev bosh hakamga aylandi. Ma’lumotlarga qaraganda, Ermatov jarohat olgan.

Mazkur uchrashuvda qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov ishlamoqda.

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 saralash. Avstraliya-Suriya o‘yinini boshqarayotgan Ravshan Ermatov zaxiraga olindi