18:55 / 10.10.2017
5 114

«Real» Beylni sotishga tayyor

«Real» Beylni sotishga tayyor
Beyl keyingi yil jamoani tark etishi mumkin.

El Confidencial nashrining xabariga ko‘ra, “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan va prezident Florentino Pereslar Garet Beylning muntazam jarohatlaridan xavotirda.

Xabarlarga qaraganda, Zidan Garetni qo‘yib yuborishga rozi. Ammo Peres hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Lekin u ham uyelslik futbolchini “Real”dagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “qirollik klubi” yarim himoyachining transferidan 101 million yevro ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Garet Beylga “Manchester Yunayted” bir necha yildan beri qiziqish bildirib kelmoqda.

Manba: Uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Beylni sotishga tayyor