21:14 / 10.10.2017
6 243

«Oltin to‘p»ni kim oladi? Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati

«Oltin to‘p»ni kim oladi? Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati
France Football nashri 2017 yilning «Oltin to‘p» sovrini uchun da’vogarlarni e’lon qilishda davom etmoqda.

Avvalroq, 25 nafar futbolchining ismi sharifi ma’lum qilingan edi. Endi ularning safiga yana 5 nafar futbolchi qo‘shildi.

So‘nggi beshlik safidan «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe, «Real» yarimhimoyachisi Isko, «Milan» himoyachisi Leonardo Bonuchchi, «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar va «Real»hujumchisi Krishtianu Ronaldudan tashkil topgan

Avvalroq nomi e’lon qilinganlar — Neymar («PSJ»), Luka Modrich, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – «Real»), Paulo Dibala («Yuventus»), Ngolo Kante («Chelsi»), Luis Suares («Barselona»), Filippe Koutino («Liverpul»), Yan Oblak («Atletiko»), Dris Mertens («Napoli»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), David De Xea («Manchester Yunayted»), Robert Levandovski («Bavariya»), Harri Keyn («Tottenhem»), Edin Djeko («Roma»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Toni Kroos («Real»), Janluiji Buffon («Yuventus»), Sadio Mane («Liverpul»), Radamel Falkao («Monako»), Lionel Messi («Barselona»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya D), Edinson Kavani («PSJ»), Mats Hummels («Bavariya»), Karim Benzema («Real»).

Eslatib o‘tamiz, 30 nafar futbolchidan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qo‘lga kiritadi. «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi «Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Oltin to‘p»ni kim oladi? Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati