23:02 / 10.10.2017
6 501

U-23 Osiyo chempionati–2018 turniriga qur’a tashlash marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tadi

U-23 Osiyo chempionati–2018 turniriga qur’a tashlash marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tadi
2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Shu yilning 24 oktyabr kuni esa musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
Marosim Xitoyning Chanchjou shahridagi Trader Fudu mehmonxonasida Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi.

U-23 Osiyo chempionatida jami 16 mamlakat terma jamoasi, shu jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo‘linadi va qur’a natijasiga ko‘ra to‘rtta guruhga ajratiladi.

1-savatcha: Xitoy (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, Iroq;
2-savatcha: Qatar, Iordaniya, KXDR, Avstraliya;

3-savatcha: O‘zbekiston, Suriya, Saudiya Arabistoni, Tailand;
4-savatcha: Vetnam, Ummon, Falastin, Malayziya.

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Xitoydagi Osiyo chempionati–2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati–2018 turniriga qur’a tashlash marosimi Xitoyda bo‘lib o‘tadi