Toshkent xokkey klubi yaqin ikki mavsum ichida Kontinental xokkey ligasida (KXL) paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Sof.uz.
Agentlik manbasining aytishicha, liga safini kelasi mavsum yoki 2019/20 mavsumda Toshkent jamoasi to‘ldirishi mumkin. Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan "Humo Arena" muz saroyi qurilmoqda. Saroy qurilishi 2018 yil kuzida yakunlanishi mo‘ljallangan.
"Humo Arena" ochilganidan so‘ng "Binokor" klubi KXL chempionatida uy uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Klubning liga tarkibiga kirishi bevosita saroyning foydalanishga topshirilish muddatiga bog‘liq. Klub KXLning hamkorlaridan biri bo‘lgan xalqaro ERIELL neft-servis guruhi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. ERIELL O‘zbekistonda faol ish olib boradi va uning egalari KXLda o‘zbek klubi paydo bo‘lishiga qiziqish bildirmoqda.
Hozirda KXLda yetti mamlakat – Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiyadan 27 klub qatnashadi.
Xabar qilinishicha, Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) kongressida "Humo Arena" taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Taqdimotda O‘zbekiston vakillari saroy ochilishiga bag‘ishlab IIHF shafeligi ostida xokkey turniri o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?