11:02 / 14.10.2017
5 338

«Nasaf»ga qarshi bahsdan so‘ng Vadim Abramov nimalar dedi?

«Nasaf»ga qarshi bahsdan so‘ng Vadim Abramov nimalar dedi?
“Neftchi” hamda “Nasaf” (0:3) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Bugun ko‘proq yoshlarga imkoniyat berdim. Ularning kelajagi porloq deb o‘ylayman. Agar ular mana shunday qiyinchiliklarni sabr bilan yengib o‘tishsa, men ishonamanki yuqoridagi fikrim o‘z isbotini topadi. “Neftchi”ning ayni paytdagi vazifasi Oliy ligada jon saqlab qolishdan iborat.

“Nasaf” yaxshi jamoa. Lekin o‘tkazib yuborilgan ikki golda yaqqol o‘zimiz xato qildik. Ustiga utsak, o‘zimiz yaratdan xavfli vaziyatlarni ham golga aylantira olmadik. Qarshi jamoasi haqida iliq fikrlar bildirish mumkin.

Hozir tarkibimizda bir qator iqtidorli va yosh futbolchilar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib, katta tajriba to‘plashmoqda.

Bu esa “Neftchi” jamoasining kelajagi uchun o‘zining mevasini beradi. Hozir bizga omad yetishmayapti. Lekin baribir hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Ishlashda davom etamiz, – dedi Abramov

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ga qarshi bahsdan so‘ng Vadim Abramov nimalar dedi?