00:13 / 18.10.2017
4 901

Futzal. O‘zbekiston termasi qatorasiga uchinchi o‘yinda zafar quchib, guruhni 1-o‘rinda tugatdi

Futzal. O‘zbekiston termasi qatorasiga uchinchi o‘yinda zafar quchib, guruhni 1-o‘rinda tugatdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi so‘nggi, 3-turida Qirg‘iziston futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Eronning Tabriz shahridagi Pour Sharifi sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda o‘zbekistonlik futzalchilar 4:3 hisobida zafar quchib, ketma-ket uchinchi g‘alabani rasmiylaytirdi va “A” guruhini yetakchi sifatida yakunladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston termasi guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishdi. Avvalroq Bahodir Ahmedov shogirdlari Nepal (14:1) va Turkmaniston (4:2) termalari ustidan zafar quchgan edi.

Futzal bo‘yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 3-tur
17 oktyabr, seshanba

O‘zbekiston – Qirg‘iziston 4:3
Gollar:
Davronjon Abdurahmonov (4), Konstantin Sviridov (5), Mashrab Odilov (11), Dilmurod Shavkatov (15) – Emil Kanetov (8, 35), Kelkel Anarbekov (15),

Ogohlantirishlar: yo‘q – Kelkel Anarbekov (7), Maqsad Alimov (7), Azimjon Yunusov (30)
O‘zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Akmal Harzatqulov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Dilmurod Shavkatov, Ilhom Hamroyev, Davronjon Abdurahmonov, Davron Choriyev, Husniddin Nishonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari 2-turdan keyin Osiyo chempionati yo‘llanmasini hal qilib ulgurgandi.

Ma’lumot uchun, Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. O‘zbekiston termasi qatorasiga uchinchi o‘yinda zafar quchib, guruhni 1-o‘rinda tugatdi