Singapurda o‘tgan marosimda ayol tennischilar uyushmasi (WTA) tennisni yorituvchi xalqaro ommaviy axborot vositalari o‘rtasida ovoz berish orqali yilning eng yaxshi ayol tennischilari aniqlanadigan WTA Player Awards mukofoti natijalarini e’lon qildi. G‘oliblar 5 yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Yilning eng yaxshi ayol tennischisi ispaniyalik Garbine Mugurusa bo‘ldi. U Uimbldon musobaqasi g‘olibasi bo‘ldi va yil davomida birinchi raqamli ayol tennischi darajasigacha ko‘tarila oldi.
"Yil odimlashi" yo‘nalishida latviyalik Yelena Ostapenko g‘olib bo‘ldi. U bir yil ichida WTA reytingida 30 dan ko‘proq pog‘onaga yuqoriladi va yetakchi o‘ntalikdan joy oldi. Tennischi iyun boshida "Rolan Garros"ni yutdi.
Qolgan yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar quyidagicha bo‘ldi:
Yil juftligi: Martina Xingis (Shveysariya) va Chjan Yunjan (Tayvan)
Yilning eng yaxshi yangi o‘yinchisi: Ketrin Bellis (SShA)
Yil qaytishi: Sloan Stivens (SShA)
Shuningdek, tadbirda eng yaxshi ayol tennischilarning yakuniy musobaqasi uchun qur’a tashlash o‘tkazildi. Yakuniy musobaqa Singapurda 22-29 oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Tennischilar guruhlarga bo‘linib bellashadilar. Keyingi bosqichga har bir guruhdan ikki nafar eng yaxshi tennischi yo‘l oladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»