“Neftchi” hamda “Qizilqum” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Haqiqatdan ham yaxshi o‘yin bo‘ldi. Futbolda kim g‘alaba qozonishni ko‘proq istasa, albatta o‘sha jamoa zafar quchadi. Bu fikr bugun yana bir bor o‘z isbotini topdi. Bahs borasida o‘zimizning kamchiliklarni aytib o‘tgan bo‘lardim. Undan tashqari zaxira futbolchilari deyarli yo‘q. Ikkinchi davrada bir qator qiyinchiliklarga duch kelyapmiz. “Neftchi”dan bugun bunday o‘yin kutmagandim. Hozir farg‘onaliklarni yaralangan “sher”ga o‘xshatish mumkin. Ular xar qanday raqibga qarshi chin ma’noda “jang” qilishlari aniq. Keyingi o‘yinlarda Farg‘ona jamoasiga omad tilayman.
Ha, tajribali o‘yinchilarimiz bor. Lekin butun jamoani tajribali deb aytish qiyin. 3-4 futbolchi bilan natijaga erishish qiyin sanaladi. Yigitlarga rahmat. Qo‘ldan kelgancha harakat qilishdi.
Zerikarli o‘yin bo‘ldi ? Bilmadim. Bunday uchrashuvni kutmagandim. Hamma o‘yinni tayyor edi.
“Neftchi” safidagi Muzaffar Muzaffarovni yaxshi bilaman. Salohiyatli futbolchi hisoblanadi. Shuningdek, Abdurahmon Abdulhaqov ham iqtidorli o‘yinchi sanaladi. Kelajagi bor,- deb fikrlarini yakunladi Hamidjon Aktamov.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi