22:00 / 26.10.2017
4 598

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibiy tuzilmasida kadrlar almashdi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibiy tuzilmasida kadrlar almashdi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Hakamlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Noil Lutfulin o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bugungi kunda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi boshqarma boshlig‘i lavozimiga yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Shavkat Imamovning boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutining “Futbol nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan Shamil Iseyev O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining texnik direktori lavozimiga tayinlandi.

Shamil Iseyev 1956 yil 10 iyun kuni tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1977 yilda O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutini a’lo bahoga bitirgan. Pedogogika fanlar nomzodi, professor. OFK instruktori. Faoliyati davomida O‘zbekiston yoshlar, olimiya va milliy terma jamoalarida, “Paxtakor”, “Qayrat”, (Qozog‘iston), “Dinamo” (Samarqand), “Bunyodkor”, “Andijon”, “Navbahor”, “Neftchi”, klublarida tahlilchi-murabbiy kabi lavozimlarda ishlagan.

Manba: www.the-uff.com

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibiy tuzilmasida kadrlar almashdi