15:12 / 27.10.2017
4 972

Krishtianu Ronalduning katta o’g’li ukalariga enagalikni qilishni a’lo darajada uddalayapti

Krishtianu Ronalduning katta o’g’li ukalariga enagalikni qilishni a’lo darajada uddalayapti
Portugaliyalik futbolchi dunyodagi eng kuchli charmto’p ustalaridan biri bo’lish uchun o’z ustida tinimsiz mehnat qiladi. U tirishqoqlik va mehnatsevarlikni o’z farzandlariga ham o’rgatmoqda. Futbolchi tomonidan Instagram ijtimoiy sahifasi orqali e’lon qilingan suratda sportchining trenajyor zalida mashq qilayotgani, katta o’g’li esa ukasi uchun enaga vazifasini o’tayotgani aks ettirilgan, deyiladi xabarda.

Ronaldu “Farzandlarimga birinchilikka erishishning yagona yo’li iqtidorli, tirishqoq va fidoiy bo’lish ekanligini o’rgatyapman” deya surat tagiga izoh qoldirgan.

Eslatib o’tamiz, ayni paytda futbolchining Krishtiano ismli o’g’li, Yeva va Mateo ismli egizaklar farzandlari bor. Sevgan qizi 22 yoshli ispaniyalik model Jorjina Rodriges ham ayni paytda homiladorlik holatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronalduning katta o’g’li ukalariga enagalikni qilishni a’lo darajada uddalayapti