04:12 / 29.10.2017
17 848

«Paxtakor»ning yangi stadioni qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Yevropaning mashhur kompaniyalari ish boshlashga tayyor (foto)

Yangi davrga qadam qo‘yayotgan Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi o‘ziga yangi uy arenasi qurish ustida bosh qotirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bungacha «Paxtakor» Oliy Liganig 2017 yilgi mavsum 2-davrasini «Jar»da o‘tkazib, shu yilning o‘zidayoq yangi stadion qurishni boshlashi haqida norasmiy ma’lumotlar mavjud edi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Rasmiy xabarda aytilishicha, «Paxtakor» rahbriyati yangi stadion loyihasi ustida ish olib bormoqda. Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala — stadion qurilishini qaysi kompaniyaga ishonib topshirishni hal qilish. Bunda Turkiya, Germaniya, Avstriya va Portugaliya qurilish kompaniyalari o‘zaro raqobat hosil qilgan.

Renaissance Construction (Turkiya)

Mazkur kompaniya Liviyadagi «Treblus» stadioni loyihasini ishlab chiqqani bilan tanilgan.
«Paxtakor»ning yangi stadioni qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Yevropaning mashhur kompaniyalari ish boshlashga tayyor (foto)
Arena Com (Germaniya)

Qurilishi anchagina cho‘zilib ketgan Sankt-Peterburgdagi «Zenit Arena» va Xorvatiyadagi «Maksimir» shu kompaniya loyihalari hisoblanadi.


Oberhofer Stahlbau (Avstriya)

Avstriyaning bu kompaniyasi o‘zbekistonliklar uchun begona emas. Toshkentdagi «Bunyodkor» stadioni va Forumlar Saroyi aynan Avstriya kompaniyasining rejasi asosida qurilgan.


Saraiva Associados (Portugaliya)

Mazkur qurilish kompaniyasi Bog‘dod, Portugaliya va Chexiyadagi mashhur stadionlarga loyiha bergan. Quyida Bog‘dod va Chexiyadagi stadion maketini ko‘rish mumkin.


Yuqoridagi kompaniyalar ishini «Paxtakor» futbol klubi sarmoyadori hisoblangan SFI Management Group ko‘rib chiqmoqda. Yaqin orada kompaniya bir to‘xtamga keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor»ning yangi stadioni qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Yevropaning mashhur kompaniyalari ish boshlashga tayyor (foto)