22:35 / 29.10.2017
4 635

«Real» safarda «Jirona»dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

«Real» safarda «Jirona»dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Jirona” hamda “Real” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Dastlab, 12 – daqiqada “qirollik klubi” yarim himoyachisi Isko hisobni ochishga erishgandi. Biroq o‘z maydonida harakat qilgan “Jirona” klubining ikki futbolchisi Stuani hamda Mansanera o‘z jamoalariga sensatsion g‘alaba keltirgan gollarni urishdi.

O‘yin so‘ngiga qadar “Real” futbolchilari keraklicha hujumlar uyushtirishdi, ammo yakunda “qirollik klubi” mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Ispaniya Chempionati. 10-tur.
Jirona shahri, “Munisipal de Montilivi” stadioni.

“Jirona” – “Real” - 2:1 (0:1)
Gollar:
Stuani 54, Mansanera 58 — Isko 12.

“Jirona”:
Bunu, Espinosa, Xuanpe, Munesa, Aday, Pons, Mansanera (Kayode 82), Garsiya (Timor 75), Granel, Maffeo, Stuani (Moxika 88).
“Real”: Kasilya, Varan (Nacho 46), Marselo (Vaskes 66), Xakimi (Asensio 66), Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Modrich 45, Aday 87.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safarda «Jirona»dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi