«Barselona» klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempioni bo‘lgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentyabr oyida Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.
FIFA prezidenti Janni Infantino o‘sha uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni va’da qilgandi.
Puyolning O‘zbekistonga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Karles Puyol tashrifi davomida O‘zbekistondagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.
Shuningdek, Jahon futboli afsonasi o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan «Paxtakor» va «Olmaliq» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham bevosita «Paxtakor» stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.
«Karles Puyol kabi Jahon darajasidagi futbol yulduzlarining yurtimizga tashrifi O‘zbekistonda futbolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga xizmat qilishi aniq», deyiladi O‘FF matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?