23:43 / 01.11.2017
4 901

“Barselona”ning mashhur futbolchisi O‘zbekistonga keladi!

“Barselona”ning mashhur futbolchisi O‘zbekistonga keladi!
Jahon futboli afsonasi, “Barselona” klubining sobiq himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa va Jahon chempioni degan yuksak nomlarga sazovor bo‘lgan Karles Puyol joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov shu yilning sentyabr oyida Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashgandi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi futbol targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va bugungi kun yulduzlarini O‘zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o‘tab berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam berishini so‘ragandi.

FIFA prezidenti Janni Infantino o‘sha uchrashuv davomida O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, Jahon futboli yulduzlarini O‘zbekistonga yuborishda amaliy yordam berishni va’da qilgandi.

Puyolning mamlakatimizga tashrifi shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida federatsiya tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.

Karles Puyol tashrifi davomida O‘zbekistondagi futbol akademiyalari va bolalar futbol maktablari bilan yaqindan tanishadi hamda u yerda futbol sir-asrorlarini o‘rganayotgan yosh futbolchilar uchun master-klasslar o‘tkazib beradi.

Shuningdek, Jahon futboli afsonasi o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib borishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona”ning mashhur futbolchisi O‘zbekistonga keladi!