O‘zbekiston Bahrayn terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 09 oktyabr 2015, 12:59
  • 4 935
  • Sport
  • O‘zbekiston Bahrayn terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi

    O‘zbekiston JCh-2018 hamda OK-2019 saralashi 5-turida Bahrayn terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 hamda OK-2019 saralashi 5-turida safarda Bahrayn terma jamoasini yirik — 4:0 hisobida mag‘lub etdi, deya xabar qiladi Futbol federasiyasi matbuot xizmati.

    Manamada kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa to‘liq ustunlikka ega bo‘lgan milliy terma jamoa raqib darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritdi.

    Gollarni Igor Sergeev, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov va Eldor Shomurodov kiritishdi.

    Shu tariqa milliy terma jamoa saralash bahslarida ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi va 9 ochko to‘plab, guruhdagi ikkinchi o‘rniga qaytdi.

    N guruhidagi KXDR Filippin bilan o‘ynagan o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi, 6-tur uchrashuvida guruh bosqichi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi va 7-tur doirasida 12 noyabr kuni Toshkentda KXDR terma jamoasini qabul qiladi.

    » » O‘zbekiston Bahrayn terma jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi