18:00 / 04.11.2017
4 812

O‘zbekistonda Milliy antidoping agentligi ochiladi

O‘zbekistonda Milliy antidoping agentligi ochiladi
Chexiya poytaxti Pragada bo‘lib turgan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov Xalqaro antidoping agentligi (WADA) Bosh direktorining o‘rinbosari Rob Koyexler bilan uchrashdi. Suhbat jarayonidagi asosiy mavzu O‘zbekistonda Milliy antidoping agentligini ochish masalasi bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi» matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lumki, joriy yilning 9-10 mart kunlari poytaxtga Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari bilan aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tom Mey va ushbu tashkilotlar bilan aloqa bo‘yicha menejeri Fransisko Leonlar tashrif buyurishgandi. Milliy va Mintaqaviy antidoping tashkilotlari vakillarining tashrifidan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari bilan uchrashish bo‘lib, O‘zbekistonda Milliy antidoping tashkilotini tuzish imkoniyatlarini muhokama qilish edi.

Oybek Qosimov bilan bo‘lib o‘tgan bugungi uchrashuv davomida janob Rob Koyexler O‘zbekistonda Milliy antidoping agentligini ochish masalasida zarur amaliy yordamlarni ayamasligi, kerak bo‘lsa Toshkentga ekspertlar va mutaxassislardan iborat komissiya yuborishini ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Rob Koyexlerga taklif etilayotgan yordam uchun minnatdorchilik izhor etib, O‘zbekiston bu masalada WADA bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda Milliy antidoping agentligi ochiladi