10:49 / 05.11.2017
5 182

Uaylderning «chaqmoq zarbasi». U birinchi raunddayoq raqibini nokaut qildi (Video)

Uaylderning «chaqmoq zarbasi». U birinchi raunddayoq raqibini nokaut qildi (Video)
Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder superog‘ir vazn toifasida oltinchi marta kamarini himoya qildi. U kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut holatiga tushirdi.

Uaylder 2015 yil yanvarida ham Stivernni nokaut qilgan va WBC kamarini qo‘lga kiritgan. O‘tgan vaqt ichida amerikalik bokschi kamarini 5 marta muvaffaqiyat bilan himoya qilgandi.

Uaylder va Stivern o‘rtasidagi jang kamar himoyasi uchun oltinchi jang bo‘ldi, bokschilar shanba oqshomida Nyu-Yorkda ringga ko‘tarilishdi. Ammo jang birinchi raunddayoq Uaylderning kuchli zarbalari tufayli yakuniga yetdi.


31 yoshli Uaylder hisobidagi g‘alabalar soni endi 39taga yetdi (39 jangda 38 nokaut). 38 yoshli Stivern o‘z faoliyati davomida 25 g‘alaba (21 — nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uaylderning «chaqmoq zarbasi». U birinchi raunddayoq raqibini nokaut qildi (Video)