09:09 / 06.11.2017
4 859

«Arsenal» Manchesterda «Siti»dan, «Yunayted» Londonda «Chelsi»dan mag‘lub bo‘ldi

«Arsenal» Manchesterda «Siti»dan, «Yunayted» Londonda «Chelsi»dan mag‘lub bo‘ldi
Angliya Premer-Ligasining 11-turidan keyin Londonning «Tottenhem» klubi «Yunayted» bilan tenglashib oldi. Gvardiola boshqaruvidagi «Siti» esa bu ikki klubdan 8 ochkoga o‘zib ketdi, deb yozadi Daryo nashri.

11-tur doirasidan 2 ta markaziy o‘yin joy olgandi. Bungacha biror marta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan «Manchester Siti» futbolchilari «Arsenal»ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa 11 ta o‘yinning 10 tasida g‘olib chiqqan «shaharliklar» ta’qibchilaridan o‘zib ketishda davom etdi. Endi «Siti» kamida 2 ta tur davomida peshqadamligini saqlab tura oladi.

Manchesterning boshqa bir vakili «Yunayted» esa Londonda «Chelsi»ga imkoniyatni boy berdi. Joze Mourinoning sobiq jamoasiga qarshi bellashuvda mavsum xaridlaridan biri bo‘lgan Alvaro Morata o‘zini ko‘rsatdi. Yil avvalida Morata yoki Lukakudan birini tanlashi kerak bo‘lgan Joze belgiyalik futbolchi variantida to‘xtalgandi. Uning jamoasini esa aynan Morata jazoladi. Ayni paytda har ikki futbolchi hisobida 7 tadan gol bor.

London derbisida zafar quchgan «Tottenhem» mazkur turdan keyin «Yunayted» bilan tenglashib oldi. «Everton» futbolchilari esa turning eng irodali jamoasiga aylanib, 0:2 hisobini 3:2 ga o‘zgartira oldi.

Angliya Premer-Ligasi

11-tur bellashuvlari

5 noyabr, yakshanba


«Tottenhem» — «Kristal Pelas» 1:0

Gol
: Son Xyon Min, 64 (1:0).

«Manchester Siti» — «Arsenal» 3:1

Gollar
: Kevin de Bryuyne, 19 (1:0). Serxio Aguero, 50-pen (2:0). Aleksandr Lyakazett, 65 (2:1). Gabriel Jezus, 74 (3:1).

«Everton» — «Uotford» 3:2

Gollar
: Risharlison, 46 (0:1). Kristian Kabasele, 64 (0:2). Baye Umar Nyass, 67 (1:2). Dominik Kalvert-Levin, 74 (2:2). Leyton Beyns, 90-pen (3:2).

«Chelsi» — «Manchester Yunayted» 1:0

Gol
: Alvaro Morata, 55 (1:0).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» Manchesterda «Siti»dan, «Yunayted» Londonda «Chelsi»dan mag‘lub bo‘ldi