Braziliyalik futbolchi Dionatan Teysheyra 25 yoshida olamdan o‘tdi. Unga yurak xuruji tashhisi qo‘yildi, deb yozadi Daryo nashri.
Teysheyra 1992 yil Braziliyada tug‘ilgan bo‘lib, mahalliy «Londrina» klubi orqali katta futbolga kirib kelgan. Bu vaqt davomida u Braziliya U17 termasi sharafini himoya qilgan.
Teysheyra katta futbolni Slovakiyaning «Koshitse» klubida boshladi. Keyinroq bu mamlakatning bir qator klublarida to‘p surib, Slovakiya fuqaroligini oldi va Slovakiya U21 termasi sharafini himoya qildi.
2014 yil Angliyaning «Stok Siti» klubi uni 400 ming funt evaziga qo‘lga kiritgandi. Uch mavsum davomida Dionatan APLda 2 tagina o‘yin o‘tkazdi. Keyin esa «Flitvud Taun»ga o‘tib ketdi.
2017 yil Teysheyra Moldovaning «Sherif» klubi bilan shartnoma imzolagandi. Himoyachi bu borada jamoasining 10 ta o‘yinida ishtirok etib ulgurgandi. Biroq uning organizmi yurak xurujiga dosh bera olmadi.
Futbolchi avval ham yuragi bilan bog‘liq muammolarga duch kelganmidi yoki yo‘q — ma’lum emas. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi