13:09 / 07.11.2017
5 002

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi

Jahon futboli afsonasi Karles Puyol bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, 9 noyabr kuni yurtimizga Jahon futboli afsonasi, Yevropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyuradi.

Uning tashrifi FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan uyushtirilayotgan bo‘lib, bu orqali FIFA prezidenti O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan katta hajmdagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va futbolning ommaviyligini oshirishga hissa qo‘shishni maqsad qilgan, deb yozadi Championat.asia sayti.

Karles Puyol tashrifi davomida yurtimizdagi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari uchun master-klasslar o‘tkazib beradi, shuningdek, Oliy liga 28-tur doirasida bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” va “Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni bevosita “Paxtakor” stadionidan turib tomosha qilib boradi.

Karles Puyolning yurtimizga amalga oshirayotgan tashrifiga bo‘lgan katta qiziqishni inobatga olib, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari bilan matbuot anjumani o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Matbuot anjumani 9 noyabr kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining “Samarqand” zalida bo‘lib o‘tadi.

Karles Puyol ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashmoqchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari o‘z xodimlari ro‘yxatini O‘FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga ([email protected]) 8 noyabr soat 15:00gacha jo‘natishlari kerak bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon futboli afsonasi Karles Puyol bilan matbuot anjumani o‘tkaziladi