15:23 / 09.11.2017
8 414

Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni ochdi

Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni ochdi
Madridning “Real” hamda Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldu 7 yoshli o‘g‘li kichik Ronalduning futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligi haqida aytib o‘tdi.
“U futbolni juda ham yaxshi ko‘radi va doim futbol o‘ynab turadi. Uni ba’zida o‘tirib tushlik qilib olishi uchun majburlashimga to‘g‘ri keladi.

Chunki Ronaldu kunduzi va kechasi faqat futbol o‘ynash bilan band. O‘ylaymanki, futbolga bo‘lgan mehr uning qonida bor.

O‘g‘lim juda mehribon, diqqatli va tez do‘stlashib ketadigan bolalar turidan hisoblanadi. Har doim boshqalar bilan ochiqcha gapirishga o‘rgangan.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori, kimdir u bilan bir marta gaplashib ko‘rsa, darrov yoqtirib qoladi. Kichik Ronaldu bilan faxrlanadigan sabablar ko‘p, u mening bo‘lajak davomchim”, — deydi Ronaldu Daily Express nashriga bergan intervyusida.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu o‘g‘li bilan bog‘liq bir sirni ochdi