22:35 / 10.11.2017
5 003

Muxlislar, stadionga shoshiling! Kirish bepul!

Muxlislar, stadionga shoshiling! Kirish bepul!
Avvalroq, futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final o‘yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berib o‘tgandik.

Ma’lumki, finalda Toshkentning ikki yetakchi: “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari maydonga tushishadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 15:00 da boshlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur final o‘yiniga kirish mutlaqo bepul bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol federatsiyasi professional futbol ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o‘tkazish maqsadida o‘yindan oldin musiqiy shou-dastur o‘tkazishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, final o‘yinini Birlashgan Arab Amirliklaridan tashrif buyurgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Mazkur o‘yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi.

Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, amirlik hakamlarning Kubok finalini boshqarishi O‘zbekiston futbol federatsiyasi va BAA futbol uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, final bellashuvi mezbonini aniqlash uchun tashlangan qur’ada “Bunyodkor” nominal mezbon maqomiga ega bo‘ldi.

Hal qiluvchi bahsda “Bunyodkor” futbolchilari qizg‘ish-oq rangli futbolkalarda maydonga tushadi.

O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi — “Lokomotiv” a’zolari esa oq-yashil formada o‘ynashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muxlislar, stadionga shoshiling! Kirish bepul!