20:10 / 11.11.2017
5 630

PFL Bosh direktori: "Klublar litsenziyalash talablarini bajarishmasa Oliy ligada ishtirok etishmaydi"

ПФЛ Бош директори: "Клублар лицензиялаш талабларини бажаришмаса Олий лигада иштирок этишмайди"
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida federatsiya va PFL rahbariyati hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi hamda 2018 yil Oliy Ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo‘yiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o‘zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Oliy liga klublari oldiga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgani haqida aytib o‘tdi.
Jumladan, kelasi yildan boshlab Oliy liga klublari o‘zlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bo‘lishlari, ushbu akademiyalardagi shart-sharoitlar talab darajasida bo‘lishi, futbolchilarning jismoniy holatini yuqori saviyada ushlab turish uchun mashg‘ulot va trenejer zallari mavjud bo‘lishi zarurligi tilga olindi.

Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yosh toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bo‘lishi shartligi ham ta’kidlandi.
Bundan tashqari, kelasi yildan boshlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bo‘lishi kerakligi ham ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha talablar qo‘yildi.

Shundan so‘ng PFL Bosh direktori Omon G‘ofurov so‘z olib, klublar litsenziyalash talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, kelasi yili Oliy ligada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha ogohlantirdi.

Talablarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida har 10 kunda PFLga hisobot jo‘natib turish va hamkorlikda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PFL Bosh direktori: "Klublar litsenziyalash talablarini bajarishmasa Oliy ligada ishtirok etishmaydi"