6 359
Nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev AQShdagi ilk jangida Markes Xoutornni qulatishi uchun 2 ta raund kifoya qildi
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev Amerikada ham o‘z an’anasini davom ettirib, raqibini muddatidan avval taslim qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Professional ringda bungacha 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida qarshisidagi raqibini nokaut qilgan Ergashev, dunyo boks markazida ham bu yurishini davom ettira oldi. Uning Amerikadagi ilk raqibi Markes Xoutorn bo‘ldi.
Xoutornga qarshi jangning 1-raundida o‘zbekistonlik sportchi katta ustunlikka ega bo‘ldi. 2-raundning dastlabki 10 soniyasi esa nokaut uchun kifoya qildi. Ergashevning birinchi yaxshi zarbasidan keyinroq amerikalik bokschi yiqilib tushdi, biroq ochilgan vaqtdan keyin, o‘ziga kelib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shohjahon ikkinchi aniq zarbasi bilan masalani hal qildi: 11 ta jang va 11 ta nokaut.
Markes Xoutorn professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, shularning 5 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergandi. Bu uning uchun 8-mag‘lubiyat bo‘lib tarixga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi