14:25 / 13.11.2017
8 470

Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Va nihoyat uning onasini omma taniydi

Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Va nihoyat uning onasini omma taniydi
Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lumot berdi.

O‘zining so‘nggi 1 yilini Ronaldu bilan o‘tkazayotgan Jorjina Rodriges yangi tug‘ilgan qizaloqning onasidir. 32 yoshli futbolchi va Jorjina chaqaloqqa Alana Martina deb ism berishdi.

Bunga qadar Krishtianuning surrogat onalardan 3 nafar farzandi bor edi. Kichik Krishtianu ayni vaqtda 7 yoshda bo‘lsa, 2017 yilning iyun oyida yana bir surrogat ona futbolchi uchun egizak farzandlar tug‘ib bergandi. Ularga Yeva va Mateo deb ism berildi.

Jorjina Rodriges va Krishtianu Ronaldu turmush qurib ulgurmagan. Krishtianu bunga qadar ham o‘nlab dugonalarga ega bo‘lsa-da, mashhur futbolchidan farzand ko‘rishga faqatgina Jorjina muvaffaq bo‘la oldi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Va nihoyat uning onasini omma taniydi