20:04 / 14.11.2017
6 367

Goal talqiniga ko‘ra, Ronaldu 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+karikatura)

Goal talqiniga ko‘ra, Ronaldu 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+karikatura)
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Goal nashri talqiniga ko‘ra 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinni "Yuventus" posboni Janluiji Buffon egalladi, uchinchi o‘rin Luka Modrichga nasib etdi. "Barselona" forvardi Lionel Messi to‘rtinchi o‘ringa munosib deb topildi.

2016 yilda ham argentinalik xuddi shu o‘rinni egallagan edi.
"Goal 50" sovrini har yili topshiriladi. Goal nashrining butun dunyodagi 37 nafar muhbir va muharrirlari so‘nggi 12 oydagi 50 nafar eng yaxshi futbolchilarni aniqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi nomi Krishtianu Ronalduga nasib qilgan edi.


Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Goal talqiniga ko‘ra, Ronaldu 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi (+karikatura)