FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan o‘zbek futbolini saviyasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy chempionat formatidagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Ravshan Ermatov: “Kelasi yildan boshlab milliy chempionatimizda 12ta klub ishtirok etishi borasida Professional Futbol Ligasi tomonidan qaror qabul qilindi. Bu yangi format Oliy liga klublari o‘rtasidagi raqobatni yanada oshiradi. Raqobat bor joyda esa o‘sish bo‘ladi va sifat ham oshadi. 12talik formatda jamoalar uchun oson o‘yinlarni o‘zi bo‘lmaydi.
Ko‘plab futbol mutaxassislari va futbol muxlislari tomoshabopligi borasida Angliya chempionatini dunyoda birinchi o‘ringa qo‘yishadi. Bu chempionat nimasi bilan qiziq? Oxirgi o‘rindagi jamoa ham yetakchini mag‘lubiyatga uchratishi mumkin. Shunday o‘yinlar bizda ham ko‘paysa, muxlislar ham stadionlarni to‘ldirib o‘tirishadi. Angliya chempionati ham o‘z-o‘zidan tomoshabop bo‘lib qolmagan. Ular ham sekin-asta bunga erishishgan.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu islohotlar, milliy chempionatimiz formatining o‘zgarishi tomoshabop va qiziqarli futbolning boshlanishi bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman”.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi