16:49 / 17.11.2017
5 666

Krishtianu Ronalduning onasi nabiralari bilan birga tushgan rasmini internetga joylashtirdi

Krishtianu Ronalduning onasi nabiralari bilan birga tushgan rasmini internetga joylashtirdi
32 sportchining oilasi bugun farzandlar bilan to’lib-toshgan: Futbolchi bir necha kun avval to’rtinchi bor ota bo’lish baxtiga erishdi. Krishtianuning 7 yoshli o’g’li, 5 oylik egizak farzandlari bor edi, deyiladi xabarda.

Garchi futbolchi ularni parvarishlash ishlarida muhim rol o’ynasa ham bolalarni ko’proq enagalari va futbolchining onasi Mariya Dolores tarbiya qilmoqda. Futbol yulduzining onasi internet orqali nabiralari haqida aytib berishni unutmaydi. Omma e’tiboriga havola etilgan yangi suratda ayolni Ronalduning egizak farzandlari bilan birga ko’rishingiz mumkin.

Dolores xonim surat tagiga “Qarang, kim uyg’ondi! Ularning kichik singillari esa hali uhlayapti” deb izoh qoldirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronalduning onasi nabiralari bilan birga tushgan rasmini internetga joylashtirdi