20:07 / 18.11.2017
5 861

Alisher Usmonov Belgiyaning eng nomdor jamoasini sotib olmoqchi

Alisher Usmonov Belgiyaning eng nomdor jamoasini sotib olmoqchi
Rossiyalik o‘zbek biznesmeni Alisher Usmonov Belgiyaning “Anderlext” klubi aksiyalari boshqaruv paketini sotib olmoqchi. HLN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu Usmonovga tahminan 80 mln yevroga tushishi mumkin.

Aytish lozimki, ushbu jamoani sotib olishga Usmonovdan tashqari shuningdek yana ikki belgiyalik biznesmenlar - Pol Geyzens va Vouter Vandenxautelar ham kurash olib borishmoqda. Shu bois, klub xo‘jayinlari bir vaqtning o‘zida ham Usmonov bilan, ham Geyzens va Vandenxautelar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo, ular aksiyalarni aynan kimga sotishi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov shuningdek Londonning “Arsenal” klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi. Unda “kanonirlar”ning 30% aksiyasi bor.

Ma’lumot uchun, "Anderlext" joriy mavsum UYeFA Chempionlar ligasining "B" guruhida "Bavariya", PSJ hamda "Seltik" klublariga qarshi kurash olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Usmonov Belgiyaning eng nomdor jamoasini sotib olmoqchi