Boks: Zarbalar ko‘p bo‘lgan jangda Azizbek g‘alaba qozondi

  • 18-11-2017, 21:28
  • 1 368
  • Sport
  • Boks: Zarbalar ko‘p bo‘lgan jangda Azizbek g‘alaba qozondi
    Xonobod shahridagi boks kechasida tajribali sportchimiz Azizbek Abdug‘ofurov ukrainalik Yevgeniy Maxteyenko bilan bellashdi.

    Nufuzli musobaqaning 76 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Azizbek ukrainalik raqibi bilan sakkiz raund ishladi. Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan ushbu bellashuvda hakamlar bir ovozdan iste’dodli bokschimizni g‘olib deb topdi.

    Manba: Sports.uz

    » » Boks: Zarbalar ko‘p bo‘lgan jangda Azizbek g‘alaba qozondi