Boks: Raqib Qudratilloning zarbalariga dosh berolmadi

  • 18-11-2017, 21:30
  • 1 413
  • Sport
  • Boks: Raqib Qudratilloning zarbalariga dosh berolmadi
    O‘zbekiston Respublikasi professional boks federatsiyasi va Xonobod shahri hokimligi tomonidan o‘tkazilayotgan boks kechasida Qudratillo Abduqahhorov o‘z vazn toifasida g‘alaba qozondi.

    Xonobod shahrida o‘tayotgan boks kechasining vazni 66 kilogrammdan yuqori bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvda Qudratillo Abduqahhorov tajribali Sherzod Olimjonovga qarshi ringga ko‘tarildi.

    Metin himoya, tezkor va aniq zarba sohibi bo‘lgan Qudratillo jang boshlanishi bilan raqibiga shiddatli hujumlar uyushtirdi. Bunday jangga tayyor bo‘lmagan Sherzod ikkinchi raunddan so‘ng bahsni davom ettirishdan bosh tortib, mag‘lubiyatini tan oldi.

    Manba: Sports.uz

    » » Boks: Raqib Qudratilloning zarbalariga dosh berolmadi