12:19 / 20.11.2017
6 729

O‘zbekistonlik sportchiga Ramzan Qodirovning sovg‘asi topshirildi (Video)

O‘zbekistonlik sportchiga Ramzan Qodirovning sovg‘asi topshirildi (Video)
Aralash qoidali janglar bo‘yicha qator musobaqalar g‘olibi Nursulton Ro‘ziboyev Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida 18 noyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi va qozog‘istonlik raqibining ustidan g‘alabaga erishdi.

Amxad Janchurayev kuchli raqib hisoblansada “Black” taxallusi bilan muxlislar olqishlariga sazovor bo‘layotgan Nursulton birgina ishonchli harakat evaziga raqibidan ustun bo‘la oldi.

“Ahmad” sport klubining O‘zbekistondagi vakillaridan biri Nodir Qodirov tomonidan “18 noyabr O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” sifatida nishonlanishi Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Checheniston Respublikasida bo‘lib o‘tgan ushbu turnir davomida muxlis va sportchilarga eslatib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu musobaqadagi jang muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi.

Nursulton Ro‘ziboyev va uning sekundantlari Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birga tushgan surati tushirilgan futbolkalarda arenaga kirib kelishdi.

Ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgan hamyurtimiz, “Ahmad” sport klubi a’zosi Nursulton Ro‘ziboyevning ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgani evaziga Ramzan Qodirov tomonidan avtomashina sovg‘a qilindi. Avtomobil kalitini Nursultonga Ramzan Qodirov nomidan hamyurtimiz ajoyib sportchi va murabbiy Nodir Qodirov taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Ro‘ziboyev o‘zining navbatdagi jangini 2017 yilning 17 dekabr kuni Grozniyda Igor Bayerga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik sportchiga Ramzan Qodirovning sovg‘asi topshirildi (Video)