15:06 / 20.11.2017
5 867

Aleksandr Lobanov futbol muxlislarini haqorat qildi (video)

Aleksandr Lobanov futbol muxlislarini haqorat qildi (video)
O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Nasaf» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (4:0) so‘nggida mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov muxlislarga qarata noxulqiy harakatni amalga oshirdi.

Uchrashuv tugab futbolchilar yechinish xonasiga kirib ketayotgan vaqtda muxlislar Lobanov manziliga turli hushtakbozliklar va norozilik qiyriqlari yo‘llashgan. Bunga chiday olmgan darvozabon «Nasaf» muxlislariga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan va unga javob qaytargan muxlisga tashlanishga uringan, deb xabar bermoqda Kun nashri. Ammo bu pallada uning jamoadoshi Eldorbek Suyunov ushlab qolgan.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi tartib-intizom Kodeksining 5.6 bandiga ko‘ra, o‘yin vaqtida, o‘yindan keyin noxulqiy, etikaga to‘g‘ri kelmaydigan, nosportcha harakatlarni amalga oshirgan futbolchi, rahbar yoki klubning boshqa istalgan rasmiy vakili jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, futbolchi ma’lum muddatga o‘yinlardan chetlatilishi 5 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, PFL tartib-intizom qo‘mitasi uchrashuv qaydnomasida ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqqach vaziyat yuzasidan qaror chiqaradi. Lobanov bilan bog‘liq vaziyat rasmiy qaydnomada bor yoki yo‘qligi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
[media=https://youtu.be/UC6f_bSemL_Vw9bYh7NElXTA]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Lobanov futbol muxlislarini haqorat qildi (video)