17:17 / 22.11.2017
5 950

Ana xalos! Jamoa 11 nafar futbolchi va murabbiyning javobini berdi

Ana xalos! Jamoa 11 nafar futbolchi va murabbiyning javobini berdi
Ukrainaning futbol bo‘yicha ikkinchi divizioni ishtirokchisi “Polese” klubi jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmagani uchun murabbiy va 11 nafar futbolchiga javob berdi.

“...“Polose” jamoasi mavsum yakuniga ko‘ra, chempionatda 8-o‘rinni egalladi. Biz klub oldiga mavsumni 6-o‘rin bilan yakunlashni vazifa qilib topshirgan edik.
Biroq ular aytilgan ishni bajarishmadi va bizni sharmanda bo‘lishimizga majbur etishdi.

Afsuski, na murabbiy, na futbolchilardan yomon natija haqida sado chiqmadi. Shu sababga ko‘ra, 11 futbolchining uchtasi jamoaning 19 yoshlilar tarkibiga yuboriladi.

Qolganlari esa jamoadan chetlatiladi, shu o‘rinda murabbiy Eduard Lavrov “Polose” jamoasini uchinchi mavsumda boshqarmaydi.
Tajribasiz murabbiy xizmatlaridan foydalanishni bas qilamiz”, deya yozadi Jitomir rayonining gubernatori Igor Gundich.

Shuningdek, gubernator Gundich jamoa kelasi mavsumda o‘z tarkibiga umuman yangi futbolchi va tajribaliroq murabbiyni jalb etishi haqida ham ta’kidlab o‘tgan.

Balki O‘zbekiston jamoalarida ham mana shunday qarorlarni qabul qilish vaqti kelgandir...
Yoki qachongacha muxlislar to‘pni to‘g‘ri tepa olmaydigan futbolchilar o‘yinini tomosha qilib yuraveradi.

Balki o‘ziga futbolni kasb qilib olgan tajribasiz murabbiylar o‘zbek futbolida kelishilgan o‘yinlar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgandir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ana xalos! Jamoa 11 nafar futbolchi va murabbiyning javobini berdi