09:04 / 24.11.2017
4 191

Robert Levandovski: “PSJ”ni 4:0 hisobida yutishimiz kerak”

Robert Levandovski: “PSJ”ni 4:0 hisobida yutishimiz kerak”
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski YeChLning “V” guruhidagi vaziyatga izoh berdi.

Myunxenliklar ushbu guruhda peshqadam “PSJ”dan uch ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda borishmoqda.

“Imkon bor ekan, doim birinchi o‘rin uchun kurash olib borish lozim. Buning uchun biz “PSJ”ni 4:0 hisobida mag‘lub etishimiz kerak.
Albatta bu oson ish emas. Ammon Myunxenda, “Alyans-Arenada” hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Imkoniyat o‘z qo‘limizda, undan maksimal foydalanishimiz kerak”, deydi hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” birinchi davrada Parijda “PSJ”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Robert Levandovski: “PSJ”ni 4:0 hisobida yutishimiz kerak”