11:47 / 24.11.2017
5 137

Odil Ahmedov Anri bilan uchrashdi

Odil Ahmedov Anri bilan uchrashdi
Fransiya terma jamoasi, “Barselona”, “Arsenal” futbol klublarining sobiq hujumchisi, fransiyalik Terri Anri Xitoyga tashrif buyurdi.

2017 yilning 20 noyabr kunidan boshlab Xitoyda bo‘lib turgan Anri ushbu ma’lumotlarni o‘zining Twitter’dagi sahifasida orqali ma’lum qildi.

Anri Xitoyda qator uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Dastlab xitoylik sport jurnalistlari Anri bilan uchrashishga erishdilar, shuningdek, u hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p tepadigan “Shanxay SIPG” mashg‘ulot maydoniga bordi.

Ajoyib inson, ajoyib futbolchi klub mashg‘ulotlarini kuzatdi va u yerda futbolchilar bilan suratga tushib, jamoa bosh murabbiyi Andre-Villash Boash bilan suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov Anri bilan uchrashdi