16:15 / 24.11.2017
4 967

O‘FF bilan muzokara olib borayotgan Bilich APL jamoasiga rad javobini berdi

O‘FF bilan muzokara olib borayotgan Bilich APL jamoasiga rad javobini berdi
Londonning “Vest Xem” klubi sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich yana Angliya premer-ligasiga qaytishdan bosh tortdi. Gap shundaki, 49 yoshli xorvatiyalik mutaxassisga “Vest Bromvich Albion” klubi taklif bilan chiqqan. Eslatib o‘tish lozimki, jamoa rahbariyati 20 noyabr kuni bosh murabbiy Toni Pyulisni iste’foga chiqargan edi.

The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Bilich kamida yangi yilga qadar dam olib, biroz xordiq chiqarmoqchi. “Vest Bromvich” rahbariyatida esa Bilichdan tashqari Sem Ellardays va Alan Pardyu kabi mutaxassislarning ham nomzodlari bor.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator xorijlik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilmoqda. E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatda Slaven Bilichning ham nomzodi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF bilan muzokara olib borayotgan Bilich APL jamoasiga rad javobini berdi