21:20 / 25.11.2017
6 118

Iqboljon Xoldorov ham finalda!

Iqboljon Xoldorov ham finalda!
Rossiyaning Beloyarskiy shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi”da yarim final janglari o‘tkazilmoqda.

64 kg vazn toifasidagi yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov final uchun kechgan jangda mezbonlar bokschi Alis Sharifovga qarshi ringga chiqdi.

Deyarli teng kurashlar o‘tgan qarama-qarshilikda rossiyalik bokschi sportchimizga qarshilik qilishga harakat qildi, biroq baribir yakunda Iqboljon jang g‘olibiga aylandi.

Endi u ertaga bo‘ladigan hal qiluvchi bellashuvda oltin medal uchun ringga ko‘tariladi. Eslatib o‘tamiz, biroz avval 52 kg vaznda ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov ham finalga yo‘l olgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iqboljon Xoldorov ham finalda!