21:34 / 26.11.2017
3 929

Sanjar Tursunov ham mezbon bokschiga mag‘lub bo‘ldi

Sanjar Tursunov ham mezbon bokschiga mag‘lub bo‘ldi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi" final bahslarida so‘nggi vakilimiz ringga chiqdi.

-91 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sanjar Tursunov finalda Vasiliy Zveryan bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan mazkur jangda hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ikki nafar bokschimiz Hasanboy Do‘smatov (52 kg) va Iqboljon Xoldorov (64 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) final janglarida ishtirok etgan edi.

Shunday qilib, terma jamoamiz ushbu turnirda 4ta medal bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Tursunov ham mezbon bokschiga mag‘lub bo‘ldi