10:34 / 30.11.2017
5 083

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kichik sensatsiya yuz berdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kichik sensatsiya yuz berdi
Termiz shahrida davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 29 noyabr kun dastlabki jangida 49 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasi vakillari Nodirjon Mirzaahmedov va Xudoynazar Fayzov ringga ko‘tarilishdi.

Toshkent shahri vakili bo‘lgan Nodirjon Mirzaahmedov o‘zining “Uzbek Tigers” jamoasi safidagi janglari bilan muxlislarga yaxshi tanish hisoblanadi.

Mazkur yarim final jangida ham aksariyat boks muxlislari Mirzaahmedovning g‘alabasini kutishgan edi.

Biroq, Toshkent viloyati vakillari bo‘lgan Xudoynazar Fayzov ringda ajoyib harakatlari bilan “Alpomish” sport majmuasiga tashrif buyurgan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Hakamlar uch raund yakuniga ko‘ra aynan Fayzovning g‘alabasini qayd etishdi.

Bugun, 30 noyabr kuni final janglari o‘tkaziladi va biz bu janglar natijalarini e’tiboringizga havola etamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kichik sensatsiya yuz berdi