Neymar qachon “Real”ga o‘tadi? Futbolchining otasi javob berdi

  • Sport
  • 30-11-2017, 16:30
  • 741
  • Неймар қачон “Реал”га ўтади? Футболчининг отаси жавоб берди
    Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Neymarning ham otasi va agenti hisoblanmish Neymar da Silva Santos kelajakda o‘g‘lini Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkinligini tasdiqladi.

    “Biz yashayotgan hayotda har qanday voqelar sodir bo‘lishi mumkin. Ba’zida istaklarimizni tezda o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.
    Hozircha Neymar “PSJ” klubi futbolchisi hisoblanadi, lekin 5-6 yildan so‘ng uning qayerda o‘ynashini bilmayman.

    “Real” klubi rahbarlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lsamda, ular bilan Neymarning transferi haqida gaplashib ko‘rmaganman. Taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘rishimiz mumkin.
    Shunisi aniqki Neymar Fransiyada ikki-uch yil qoladi. Chunki “PSJ” bilan tuzilgan shartnomada qolish vaqti belgilab qo‘yilgan.

    Neymarning Fransiyaga ko‘chib kelganiga ko‘p bo‘lmadi, siz jurnalistlar esa hozirdanoq uni boshqa jamoaga o‘tib ketishi haqida uydirmalarni to‘qib chiqaryapsizlar.
    Neymarlar oilasida bir maqsad bor, u ham bo‘lsa Yevropadan tashqariga chiqib ketmaslik.

    Uni Yevropaga olib kelgunimizga qadar boshimizdan ko‘p qiyinchiliklarni o‘tkazdik.
    Balki, o‘g‘lim bir necha yildan so‘ng o‘z vatani Braziliyaga qaytishi mumkin. Masalan “Palmeyras”, “Flamengo” yoki “Santos” jamoasi a’zosiga aylanishi mumkin.
    Ammo, bularning barchasi shunchaki rejalarimizdan biri xolos”, - deya so‘zlarini yakunladi Neymarning otasi.

    Eslatib o‘tamiz, Neymar yozgi transferlar mavsumida 222 million yevro evaziga “Barselona”dan “PSJ” tarkibiga ko‘chib o‘tish bilan birga dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangandi.