21:17 / 01.12.2017
6 343

JCh-2018 musobaqasiga qur’a tashlandi!

JCh-2018 musobaqasiga qur’a tashlandi!
Mundialga yo‘llanma olgan 32 ta terma jamoa oktyabr oyidagi FIFA reytingiga asosan 4 ta savatchaga ajratildi.

Mezbon jamoa hisoblanmish, Rossiya esa avtomatik tarzda birinchi savatchadan joy olgan.

Savatchalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya.

Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveysariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya.

Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron.

To‘rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni.

Har bir guruhdan bir qit’adan faqat bittadan jamoa joy oladi. Faqat Yevropa qit’asi bundan tashqari hisoblanadi.

Bitta guruhda Yevropadan ko‘pi bilan 2 ta jamoa bir-biriga to‘qnash kelishi mumkin.
Futbol qiroli Pele ham Moskvaga yetib kelgan.

Qur’a natijalari bilan tanishing:
"A" guruhi. Rossiya (1), Saudiya Arabistoni (2), Misr (3), Urugvay (4).
"V" guruhi. Portugaliya (1), Ispaniya (2), Marokash (3) Eron (4).

"S" guruhi. Fransiya (1), Avstraliya (2), Peru (3), Daniya (4).
"D" guruhi. Argentina (1), Islandiya (2), Xorvatiya (3), Nigeriya (4)

"Ye" guruhi. Braziliya (1), Shveysariya (2), Kosta-Rika (3), Serbiya (4)
"F" guruhi. Germaniya (1), Meksika (2), Shvetsiya (3), Janubiy Koreya (4)

"G" guruhi. Belgiya (1), Panama (2) Tunis (3), Angliya (4)
"H" guruhi. Polsha (1), Senegal (2), Kolumbiya (3), Yaponiya (4).


Manba: Uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 musobaqasiga qur’a tashlandi!