21:00 / 03.12.2017
6 017

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi
Shu yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Tailandda U-18 World Deaf Futsal Championship — futzal bo‘yicha eshitish imkoniyati cheklanganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘FF rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, ushbu musobaqada Qozog‘iston, Indoneziya, Tailand, Kuvayt, Rossiya, Germaniya, Shvetsiya terma jamoalari bilan bir qatorda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ajoyib o‘yin namoyish qilib, finalga qadar yetib kelishdi. Finalda o‘zbekistonlik futzalchilar Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha eshitish imkoniyati cheklanganlar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi