21:29 / 03.12.2017
4 861

Andrey Miklyayev: Ketma-ket ikkinchi yil kubok finalida qatnashish yoqimli

Andrey Miklyayev: Ketma-ket ikkinchi yil kubok finalida qatnashish yoqimli
Ertaga “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston kubogi-2017 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur uchrashuv oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning ikkinchi qismida “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayev va jamoa sardori Timur Kapadze ishtirok etishdi.

- Ikkinchi yil ketma-ket mamlakat kubogi final o‘yinida ishtirok etyapmiz. Bundan xursandmiz. Ertangi o‘yinga ham katta umid bog‘laganmiz. Biz o‘yin vaqtida g‘alabaga erishmoqchimiz. Shu sababli penaltilar bahsiga tayyorgarlik ko‘rganimiz yo‘q.

Maydon holati yaxshi ekaniga ishonaman. Ertaga jamoalardan faqat maydonga chiqish va chiroyli o‘yin ko‘rsatish talab etiladi, - deydi Andrey Miklyayev.

- Final o‘yini har ikki jamoa uchun ham juda muhim ahamiyatga ega. Ertaga kim kuchli va tartibli o‘yin ko‘rsatsa, o‘sha klub g‘alabaga erishadi. Ertaga men faoliyatimdagi so‘nggi o‘yinimni o‘tkazaman. Umid qilamanki, sovringa ega chiqqan holda butsilarimni mixga ilaman, - deydi Timur Kapadze.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Miklyayev: Ketma-ket ikkinchi yil kubok finalida qatnashish yoqimli