4 951
OFK Chempionlar Ligasidagi mukofot pullarini oshirdi. G‘olib endi 4 million dollar oladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Osiyo Chempionlar Ligasi va undan keyingi o‘rinda turuvchi OFK Kubogi musobaqasining mukofot pullarini oshirdi. Bu haqda tashkilot «rasmiy sayti»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Bungacha OChLda g‘olib chiqqan jamoalar 3 million AQSh dollari olib kelayotgan bo‘lsa, endilikda g‘olib 4 millionga ega chiqadi. Finalda to‘p surgan jamoa esa 2 millionlik bo‘ladi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston klublari shu vaqtga qadar finalga yetib bora olmagan. Hozirgacha «Paxtakor» va «Bunyodkor» klublariga 2 martadan yarim finalda to‘p surish baxti nasib qilgan.
Tashkilot so‘zlariga ko‘ra, mukofot pullari borasida OChL faqatgina Yevropa Chempionlar Ligasidan ortda. Qolgan qit’a klublari o‘rtasidagi turnirlar bu borada Osiyo qit’asi bilan raqobatlasha olmaydi.
Kelasi mavsum OChLda «Lokomotiv», «Nasaf» va «Paxtakor» kabi O‘zbekiston klublari ishtirok etadi. Agar ular guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tsa, 100 ming dollarga ega chiqadi. Avvallari bu ko‘rsatkich 80 mingni tashkil etardi.
Chorak finalga yetib borilgani uchun 150 ming dollar va’da qilingan, yarim final ishtirokchilari esa 250 ming AQSh dollarini o‘ziniki qilib oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi