19:00 / 08.12.2017
5 517

Ronaldu 2 kun ichida ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi

Ronaldu 2 kun ichida ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U guruh bosqichining 6-turi yakunlariga ko‘ra UYeFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada g‘olib chiqqan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘yinda gol urgan Ronalduga 41 foiz kishi ovoz bergan.

U «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino (38 foiz)ni ortda qoldirgan. Shuningdek, «PSJ» xavbeki Korentin Tolisso (8 foiz), «Shaxtyor» yarim himoyachisi Bernard (5 foiz), «Chelsi» xavbeki Eden Azar (3 foiz), «Barselona» hujumchisi Pako Alkaser (2 foiz), «Tottenhem» hujumchisi Son Xin Min (1 foiz) va «Yuventus» yarim himoyachisi Xuan Kuadrado (1 foiz) ushbu so‘rovnomada qatnashgandi.

Biroz avvalroq Krishtianu Ronaldu o‘zining beshinchi «Oltin to‘p»ini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu 2 kun ichida ikkinchi sovrinni qo‘lga kiritdi